Ushbu kitob bizni vaqtning achchiq va shafqatsiz haqiqati bilan yuzma-yuz qo‘yadi. Mutolaa davomida siz nafaqat soatlarni, balki umringizning eng go‘zal lahzalarini qanday qilib o‘z qo‘lingiz bilan boy berayotganingizni ko‘rasiz. Kuningizning barakasi qaysi ko‘rinmas tirqishlardan sizib chiqib ketayotganini anglaysiz.
Vaqtning eng og‘ir qonuniyati shu: u qo‘limizda ekan, arzon va qadrsiz tuyuladi, qo‘ldan ketgach, bebaho va yetib bo‘lmas mo‘jizaga aylanadi. Shuning uchun har oqshom o‘zimizga: «Men bugun vaqtimni qanday o‘tkazdim?» deb emas, «Men bugun umrimning bir qismini kimlarga va nimalarga qurbon qildim?» deb savol berishimiz shart.



