Benazir shoir va mutafakkir Sa’diy badiiy ijodda o‘z maktabini yarata olgan adibdir. Yuz yildan ortiq umr ko‘rgan Sa’diy o‘z davrining barcha bilimlarini chuqur egallab, yurt ko‘rib, xalq orasida yurib, chinakam olim, murabbiy, insonparvar adib bo‘lib yetishdi. Sa’diy o‘z hikoyalarida boshqa Sharq mutafakkirlari singari xalq farovonligi, yurt tinchligiyu obodonligini odil poshsho sharofatidan deb biladi...
Bu ta’limiy asarda yozuvchi o‘z davridagi eng muhim va katta-katta siyosiy, iqtisodiy voqealarni aks etdirar, axloqiy normalarni talqin etar ekan, o‘sha davr kishilarining xilma-xil obrazlarini mohirona yaratgan. «Guliston»dagi har bir hikoya qissadan hissa shaklidagi she’riy pand nasihatlar beradi.






